logo

Kiberxavfsizlik markazi

Davlat Muassasasi

Foydalanish shartlari

Shu bilan, 02.07.2019 yildagi “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-son Qonuniga muvofiq, Siz Markaz tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga: to‘plash, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, tushuntirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, faqat o‘z nomingizdagi dasturiy ta’minotni sotish maqsadida o‘tkazishga roziligingizni tasdiqlaysiz, quyida tavsiflanganidek.

Markaz olingan ma’lumotlarning maxfiyligini kafolatlaydi. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash Markaz tomonidan bajarilishi majburiy deb qabul qilingan buyruqlar, shartnomalar va boshqa majburiyatlarni samarali bajarish maqsadida amalga oshiriladi. Agar dasturiy ta’minotni sizning nomingizga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mualliflik huquqi egasiga, distribyutoriga yoki sotuvchisiga shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etish zarur bo‘lsa, siz shaxsiy ma’lumotlaringizni uzatishga rozilik bildirasiz. Markaz dasturiy ta’minotning mualliflik huquqi egasi, distribyutori yoki sotuvchisi shaxsiy ma’lumotlarni Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi siyosatida ko‘rsatilgan shartlarga o‘xshash sharoitlarda himoya qilishini kafolatlaydi.

Ushbu rozilik quyidagi shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi: familiyasi, ismi va otasining ismi, elektron pochta manzili, buyurtmalarni etkazib berish uchun pochta manzili, aloqa telefon raqami, to‘lov ma’lumotlari. Rozilik cheklanmagan muddatga amal qiladi. Ushbu rozilikni istalgan vaqtda Toshkent sh., Taras Shevchenko ko‘chasi 20-uy “Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish” belgisi.

Esda tutingki, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilikni qaytarib olish sizning akkauntingizni Internet saytidan (https://csec.uz) o‘chirib tashlashga, shuningdek, Markazning shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlarida sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘z ichiga olgan yozuvlarni yo‘q qilishga olib keladi, bu esa Markazning internet xizmatlaridan foydalanishni imkonsiz qilishi mumkin.

Men taqdim etgan ma’lumotlarning to‘liq, to‘g‘ri va ishonchli ekanligiga hamda axborotni taqdim etish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini, uchinchi shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini buzmasligiga kafolat beraman. Taqdim etilgan barcha ma’lumotlar shaxsan o‘zimga nisbatan men tomonidan to‘ldirilgan.

Ushbu rozilik, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shaxsiy ma’lumotlarning butun saqlanish muddati davomida amal qiladi.

logo

Kiberxavfsizlik markazi

Davlat Muassasasi

Manzilimiz: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko'chasi, 20

"Kiberxavfsizlik markazi" davlat muassasasi

© 2026 Barcha huquqlar himoyalangan. Foydalanish shartlari

Kiberxavfsizlik hodisalari bo'yicha aloqa raqami

Ijtimoiy tarmoqlar