logo

Kiberxavfsizlik markazi

Davlat Muassasasi

Markaz haqida

Markaz Tarixi

  1. Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son Qarori asosida tashkil etilgan.
  2. «Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlashga ko'maklashish markazi»

    2017 yil 29 avgustdagi PQ-3245-son Qarori asosida qayta tashkil etilgan.
  3. «Texnik ko’maklashish markazi» DUK

    2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4024-son Qarori asosida tashkil etilgan.
  4. “Kiberxavfsizlik markazi” DUK

    2019 yil 14 sentyabrdagi PQ-4452-son Qaroriga muvofiq faoliyat yuritib kelmoqda.
  5. "Kiberxavfsizlik markazi" davlat muassasasi

Markaz dastlab O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi» davlat muassasasi nomi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son Qarori va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi 250-son qaroriga muvofiq faoliyat yuritadigan davlat muassasasi shaklidagi notijorat tashkiloti sifatida oʻz faoliyatini boshlagan.

Keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3245-son qarorini bajarish yuzasidan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda «Xavfsiz shahar» yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish loyihasini amalga oshirish maqsadida «Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi» O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlashga ko'maklashish markazi» etib qayta tashkil etildi.

So'ngra, O'zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasining «Texnik ko'maklashish markazi» davlat unitar korxonasi nomi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4024-son qaroriga muvofiq faoliyat yuritadigan davlat muassasasi shaklidagi tashkilot sifatida faoliyat yuritdi.

2019 yil 14 sentyabrdagi PQ-4452-son Qaroriga muvofiq, 2019–2026 yillarda "Kiberxavfsizlik markazi" DUK sifatida faoliyat yuritgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq davlat muassasasiga aylantirilganligi sababli, hozirda "Kiberxavfsizlik markazi" davlat muassasasi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Axborot xavfsizligiga tahdid solayotgan hozirgi tahdidlar haqida ma'lumot to‘plash.
  • Axborot makonida noqonuniy harakatlarni amalga oshirishda qonunbuzarlar tomonidan qo‘llaniladigan usullarni tahlil qilish.
  • Axborot texnologiyalari obyektlaridagi apparat va dasturiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish.
  • Davlat organlari va tashkilotlariga o‘z tizimlari va resurslari uchun axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish.
  • Davlat axborot tizimlari va resurslari, shuningdek, Internetning milliy segmenti axborot xavfsizligini ta’minlash.
  • Axborot xavfsizligiga tahdidlar haqida milliy Internet foydalanuvchilarini o‘z vaqtida xabardor qilish.
logo

Kiberxavfsizlik markazi

Davlat Muassasasi

Manzilimiz: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko'chasi, 20

"Kiberxavfsizlik markazi" davlat muassasasi

© 2026 Barcha huquqlar himoyalangan. Foydalanish shartlari

Kiberxavfsizlik hodisalari bo'yicha aloqa raqami

Ijtimoiy tarmoqlar