Intеrnеt tarmog‘ining "UZ" milliy sеgmеntida joylashgan vеb-saytlarni axborot xavfsizligi talablari asosida tekshirish:
Bitta o'rtacha veb-saytni tekshirishga mutaxassis jalb qilinadi, bitta mutaxassisning ish vaqti 28 soat. Veb-saytlarni axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirish bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
- Zaxira nusxasini olish (backup), test saytiga joylashtirish, veb-saytni tahlil qilish;
- Veb-saytni viruslarga tekshirish;
- Zaifliklarni avtomatik qidirish;
- Topilgan zaifliklarni tekshirish;
- Manba kodidagi (source code) zaifliklarni qidirish;
- Kontentni boshqarish tizimining (CMS) yadrosidagi zaif tomonlarini qidirish;
- Zaifliklar va maxfiy ma'lumotlarning tarqalishini qo'lda qidirish;
- Tekshiruvlar natijalari asosida tahlil o'tkazish / Hisobot tayyorlash;
Veb-saytning tegishli zaxira nusxasi mijoz tomonidan taqdim etilishi lozim.