Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4024-sonli Qaroriga muvofiq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, apparat vositalari va dasturiy mahsulotlar, himoya vositalari va boshqa texnik vositalarga texnik topshiriqlar boʼyicha xulosalar “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan majburiy tartibda kelishilishi lozimligi belgilab qoʼyilgan.
Yuqoridagidan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, apparat vositalari va dasturiy mahsulotlar, himoya vositalari uchun ishlab chiqilgan texnik topshiriqlar ekspertizadan oʼtkaziladi.