Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida” PQ – 4024 sonli qarorini bajarilishini tashkil etish maqsadida 2019 yilning 11 fevralidan 23 fevraligacha “Texnik koʻmaklashuv markazi” DUKning Sertifikatsiyalash organi va Sinov laboratoriyasi xodimlari uchun “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida sertifikatsiyalash va sinovlar” yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etildi.
Oʻquv kurslarini “Oʻzstandart” agentligini standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot institutining yuqori malakali oʻqituvchilari tomonidan amalga oshirildi. Oʻquv kurslari davomida Markaz xodimlari sertifikatlashtirish, muvofiqlikni baholash, sifat menejmenti tizimi, standartlashtirish va metrologiya yoʻnalishlardagi meʼyoriy hujjatlardagi oxirgi oʻzgarishlar bilan tanishtirildi.
Oʻqish kurslarida qatnashgan Markazning barcha xodimlari imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib tegishli guvohnoma va sertifikatlarni qoʻlga kiritdilar.