Bugun, 24-oktyabr kuni ICTWEEK Uzbekistan haftaligi doirasida “Kiberxavfsizlik markazi” direktori Olimjon Mirzayev Tatariston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Roman Shayxutdinov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Tatariston vakillari tomonidan sohada yaratilayotgan o‘zlarining yangi loyihalari namoyish etildi hamda mazkur loyihalarni amalga oshirish xususida gaplashildi.
Tadbir so‘nggida tomonlar sohada tajriba almashish yuzasidan hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldi.