2024-yil 6-sentyabr holatiga ko‘ra, “Red team” yo‘nalishida 29 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 17-sentyabr kuni saralashdan o‘tgan kuchli 10 ta jamoa finalga yo‘l oladi. Ro‘yxatdan o‘tish 14-sentyabr kuniga qadar davom etadi.
Red team - kiberxavfsizlik sohasida tashkilotning xavfsizlik holatini sinab ko‘rish va tizimlaridagi zaifliklarni aniqlash uchun mo‘ljallangan maxsus jamoalar hisoblanadi.
Ularning asosiy vazifasi tashkilotning virtual infratuzilmasiga hujum qilib, zaifliklarni aniqlash va ulardan foydalanishdir.
Batafsil: https://ctf.cyberkent.uz/