22-23 avgust kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan Estoniyaning yetakchi IT ekspertlari ishtirokidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining AKT ga mas’ul xodimlari hamda axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari uchun “Raqamli identifikatsiya va elektron xizmatlar” mavzusidagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ochish uchun so‘zga chiqqan Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muxitdinov elektron hukumatni rivojlantirishda bejizga Estoniya tajribasi tanlanmagani, u BMT reytingida dunyo bo‘yicha 3-o‘rinda turishi, mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish va raqamlashtirish sohasidagi boshqa islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda Estoniya tajribasi bizga qo‘l kelishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar davomida ishtirokchilar Estoniyaning elektron identifikatsiyani boshqarish, raqamli identifikatsiyada biometriyadan foydalanish, elektron xizmatlarni yaratish tajribasi bilan ham tanishdilar.
Mazkur o‘quv seminarda DUK “Kiberxavfsizlik markazi” hodimlari ham ishtirok etdi.
O‘quv seminaridan videoreportajni tomosha qiling.
https://egov.uz/.../raqamli-identifikatsiya-va-elektron...
https://www.youtube.com/watch?v=4GvqhfiHsT8