O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti tashabbusi bilan “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mutaxassislari tomonidan universitet professor-o'qituvchilari va shaxsiy tarkibini axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlik bo'yicha bilimlarini oshirish maqsadida kiberxavfsizlik mavzularida mashg'ulotlar o'tkazilishi tizimli yo'lga qo'yildi.
Ikkinchi mashg'ulot davomida universitet professor-o'qituvchilari, tor doiradagi mutaxassislar hamda kursantlar “Kiberxavfsizlik markazi” mutaxassislari N. Xolmuxamedov tomonidan “Axborot xavfsizligini boshqarish tizimini sertifikatsiyalashtirishning o’rni” hamda M. Arifdjanova tomonidan “Kiberxavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar” mavzularida so’zga chiqib tinglovchilar uchun kerakli bilim va ko’nikmalar berildi.
O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universitetida seminar-treningning ikkinchi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
29 Noyabr 2022
Yangiliklar
6
/ 6