Bugun, 2023-yil 3-oktyabr kuni “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” tadbirini o‘zining nutqi bilan O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi.
CSS 2023 ikki kunlik konferensiya boʻlib, u Markaziy Yevroosiyo boʻylab milliy xavfsizlik markazlari, kiberxavfsizlik boʻyicha yechimlar provayderlari va hukumat, tijorat va sanoat korxonalarining oxirgi foydalanuvchilarini yangi biznes aloqalarini yaratish, texnologiyalarni namoyish etish va ilgari surish, yangi oʻzaro aloqalar va muloqotlarni yaratish uchun birlashtiradi.
Kunning ikkinchi yarmida esa kiberxavfsizlik sohasida O’zbekiston hamda Turkmaniston davlatlari o‘rtasida memorandum imzolandi.
Ushbu Anglashuv Memorandumi “Kiberxavfsizlik markazi” hamda “Turkmenaragatnashiq” agentligi huzuridagi Davlat kiberxavfsizlik xizmati rahbarlari o‘rtasida imzolanib, o‘zaro manfaatlar asosida kiberxavfsizlik sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Memorandumning maqsadi kompyuter hujumlari, axborot xavfsizligiga tahdidlarning oqibatlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish, shu jumladan axborot xavfsizligi sohasida ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tajriba almashish va axborot xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish, axborot resurslarini viruslar va xakerlik hujumlaridan himoya qilish, barcha darajadagi xodimlarning zamonaviy kibertahdidlardan xabardorlik darajasini oshirish, axborot xavfsizligini taʼminlash va boshqarishning zamonaviy tizimlaridan foydalanishdan iborat.