Joriy yilning 17-dekabr kuni Toshkent shahridagi INHA universitetida Kiberxavfsizlik markazi tomonidan tashkillashtirilgan “University CTF challenge” musobaqasining 2-bosqichi TATU va INHA universitetlarining talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada 15 tadan ortiq topshiriqlar bo‘lib, ushbu topshiriqlar quyidagi yo‘nalishlardan iborat bo‘lgan:
- Steganografiya;
- Kriptografiya;
- Zaifliklarni topish va qo‘llash;
- Revers-injiniring.
Musobaqa g‘oliblari Gruziyadagi “Scientific Cyber Security Association” uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan “Winter Camp” qishki o‘quv kurslarida ishtirok etish yo‘llanmasi bilan taqdirlandilar.
Shu bilan birga, musobaqa yakunida jamoalar to‘plagan ballarga ko‘ra Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga “University CTF challenge-2022” kubogi topshirildi.