“Kiberxavfsizlik markazi” DUKning AKT va axborot muhofaza vositalarini sertifikatlash organi (AKT va AMV SO) so‘nggi 5-yil davomida faoliyat yuritib kelmoqda va shu vaqt ichida u davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida 150 dan ortiq kiberxavfsizlik vositalarini sertifikatlashtirishdan o‘tkazdi.
Mazkur chorakda AKTvaAMV SO ni belgilangan reja asosida “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DM mutaxassislari tomonidan O‘z DSt ISO/IEC 17065 davlat standarti talablariga muvofiqligini tekshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi, AKTvaAMV SO o‘zining yuksak tajribasiga tayangan holda to‘liq qayta ko‘rib chiqilgan Sifat menejmenti tizimining protsedura hujjatlar to‘plamini taqdim etdi.
Sertifikatlashtirish ishlarini bajarishda AKT va AMV SOda amalga oshirilayotgan sifat va xolislikni ta’minlashga bo‘lgan yondashuv qayta akkreditatsiyadan o‘tish vaqtida “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DM komissiyasi tomonidan bildirilgan kamchiliklarning to‘liq yo‘qligini tasdiqlandi.
AKT va AMV SO jamoasi O‘zbekiston axborot tizimlarini sifatsiz mahsulotlardan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib borish niyatida.