2019 yil 30 sentyabrdan 3 oktyabrgacha Seulda (Koreya Respublikasi) O'zaro taraqqiyot uchun Kiberxavfsizlik alyansning 4-yillik konferentsiyasi bo'lib o'tadi (Cybersecurity Alliance for Mutual Progress – CAMP).
Koreya Internet va xavfsizlik agentligi (KISA) taklifiga binoan ushbu konferensiyada "Texnik ko`maklashish markazi" DUK vakillari, direktorning birinchi o'rinbosari O. Mirzayev va bosh mutaxassis Sh. Otakuziyevlar ishtirok etishmoqda.
CAMP 2016 yil 11 iyulda Koreya Respublikasining Seul shahrida o'z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda a'zolikka 44 mamlakatdan 58 tashkilot a`zolikka kiradi va ularning soni o'sishda davom etmoqda. Davlat organlari, kiberxavfsizlik bilan bog'liq jamoat va notijorat tashkilotlari CAMP a'zosi bo'lish huquqiga egadirlar.
O'z a'zolarining faol ishtiroki va hissasi bilan, birinchi yildanoq CAMP o'zining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirdi va barqarorlashtirdi, kiber tahdid haqida doimiy ma'lumot almashdi va kiberxavfsizlik bo'yicha qo'shma loyihalarni ishlab chiqdi.
Operatsion qo'mita va ishchi guruhlar muntazam ravishda telekonferentsiyalar o'tkazib turadilar, ular tashkilot faoliyatini rivojlantirishga va a'zolari bilan o`zaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
CAMP ning asosiy maqsadldridan biri kiberxavfsizlik muhitini ta'minlash va kiberxavfsizlik sohasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun global hamkorlik platformasini yaratishdir.
Anjuman doirasida Markaz vakillarining ishtiroki - potentsialni oshirish, chet ellik hamkasblarimiz bilan aloqalarni o'rnatish, kiber hujumlarning oldini olishda tajriba almashish va axborot yordamini olish, shuningdek Markazning chet elda obro'-e'tiborini yanada oshirishga hissa qo'shadi.