Firibgarlardan ogoh bo’ling!
Hurmatli yurtdoshlar, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mutaxassislari tomonidan oxirgi kunlarda internet tarmog’ida firibgarlarning faollashgani aniqlanganligidan sizni ogohlantiramiz.
Yangi yil arafasida ko’plab tijorat kompaniyalari tomonidan internet va ijtimoiy tarmoqlarda uyushtirilayotgan turli xil tanlov va aksiyalardan firibgarlar ham o’z maqsadlari yo’lida foydalanishmoqda. Firibgarlar oddiy internet foydalanuvchilarini internet orqali plastik kartochkalardagi pul mablag’larini aldov yo’li bilan yechib olishni maqsad qilishgan.
Odatda, firibgarlar sizga turli xil ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram, Feysbuk messenjeri, Instagram va h.k) yoki SMS xabarlari orqali o’zlarini ma’lum bir kompaniya vakili sifatida tanishtirib, plastik kartochkangiz haqida ma’lumotlar yoki telefoningizga bank tomonidan yuborilgan mahfiy SMS kodni talab qilishadi.
Internet tarmog’ida yuqoridagi holatlarga duch kelganingizda, ogoh bo’lishingizni so’rab qolamiz. Turli xil ishonchsiz veb saytlarda shaxsiy ma’lumotlarni ochiqlash, telefoningizga bank tomonidan yuborilgan SMS mahfiy kodlarni uchinchi tomonga aytish pul mablag’laringizni og’lirlanishiga olib kelishi mumkin!
Ogohlik (internetda ham) – davr talabi!