2024-yil 23-avgust holatiga ko‘ra, “Blue team” yo‘nalishida 78 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tdi. 27-avgust kuni saralashdan o‘tgan kuchli 5 ta jamoa finalga yo‘l oladi. Ma’lumot uchun, ro‘yxatdan o‘tish ertaga, 24-avgust kuniga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tayotgan jamoa tarkibida kamida 3 ta ishtirokchi bo‘lishi lozim. Ushbu talabga rioya qilmagan jamoalar o‘yindan chetlatilishi mumkin.
“Blue team” jamoasi – tashkilotning virtual infratuzilmasini himoya qilishda qalqon bo‘lib, har xil turdagi hujumlarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bilan shug‘ullanadilar.
“Blue team”dan himoya doirasidagi vazifalarni bajarish, hujumlarni oldini olish va ularni bartaraf etish uchun texnik bilimlar, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda yuqori darajada jamoaviy hamjihatlik talab qilinadi.