DIQQAT, TANLOV!
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Dastur doirasida 4-oktyabr kuni “Cyberkent” respublika o’quv amaliyoti bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan “Kiberxavfsizlik markazi” mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar uchun saralash bosqichini e’lon qiladi!
Shuningdek, jamoaviy ishtirok etish uchun jami 5 kishi, shuningdek har bir guruhdan kamida 3 ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Saralash bosqichi doirasida CTF bellashuvi orqali 10 jamoa tanlab olinadi.
Saralash bosqichi g‘oliblari sammit doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Cyberkent” yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
“Cyberkent” g‘oliblari esa quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
1-o‘rin – 50 000 000 so‘m
2-o‘rin – 30 000 000 so‘m
3-o‘rin – 10 000 000 so‘m
Batafsil ma’lumot: (55) 502-10-10
Veb-sayt: https://cyberkent.uz/
Telegram bot: https://t.me/CyberKentSupBot