O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi binosida “Texnik ko’maklashish markazi” DUK bilan birgalikda Joriy yilning 28 fevral kuni “Davlat tashkilotlarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo'yicha asosiy talablar” mavzusida seminar o’tkazildi.
Mazkur seminarda Vazirlik markaziy apparati hamda hududiy bo’linmalarining axborot xavfsizligiga mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda “Texnik ko’maklashish markazi” DUK xodimlari Ergashev. I.X hamda Rahimov. M.A o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Seminar davomida Vazirlikda axborot xavfsizligini ta’minlashning bugungi kundagi ahamiyati, Vazirlik faoliyati davomida uchrashi mumkin bo'lgan axborot xavfsizligiga tahdidlar shuningdek xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo’lgan xatolar haqida so‘z yuritildi.
Seminar davomida tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob
oldilar.