Joriy yilning 15-16 may kunlari XII Astana iqtisodiy forumi doirasida Nur-Sulton (Qozogʻiston Respublikasi) shahrida “ Cyber and Digital Security 2019” II chi Xalqaro forumi boʻlib oʻtdi. Boʻlib oʻtgan tadbirda “Texnik koʻmaklashish markazi” Davlat unitar korxonasi (Keyingi oʻrinda - Markaz) direktor oʻrinbosari boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida delegatsiya aʼzolari “Markaziy Osiyo kiberxavfsizligi professionallari uyushmasi raisi, “iBatyr” vakillari, shuningdek Qozogʻiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qoʻmitasining “Davlat texnik xizmati” Respublika davlat korxonasi vakillari bilan uchrashdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi bilan Kiber hujumlarni oʻrganish va tadqiq qilish markazining vakillari uchrashuvi tashkil qilindi. Uchrashuv chogʻida axborot tizimlari auditi, axborot xavfsizligi vositalarini sertifikatlash, axborot xavfsizligining autsorsing va boshqa shunga oʻxshash masalalar muhokama qilindi.
“Cyber&Digital Security 2019” konferensiyasining birinchi kunida Markaz direktori oʻrinbosari B.Yuldashev soʻzga chiqib yigʻilganlarni samimiy qutladi. Boʻlib oʻtgan forumda : axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, ularning har bir mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishida, shuningdek, insoniyatning va umuman, xalqaro va milliy xavfsizlikka tahdid soladigan oʻrni haqidagi mavzular koʻtarildi.
Oʻzbekiston delegatsiyasining rasmiy tashrifidan maqsad ikki tomon ishtirokchilari oʻrtasida axborot xavfsizligi sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻldi. Bu borada istiqbolli rejalarni amalda tadbiq qilish toʻgʻrisidagi kelishuvga erishildi.