Joriy yilning 28-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Xamzin va “Texnik koʻmaklashish markazi” DUK vakillari Latviya Respublikasi axborot texnologiyalari xavfsizligi hodisalariga taʼsir koʻrsatish institutida (Information Technology Security Incident Response Institution of the Republic of Latvia, CERT.LV) CERT.LV rahbari B.Kashkina bilan xalqaro uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tashrif davomida Axborot xavfsizligi yoʻnalishida Latviya tajribasi oʻrganildi va CERT.LV hamda “Texnik koʻmaklashish markazi” DUK oʻrtasidagi xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, CERT.LV ning TF-CSIRT ga aʼzo boʻlishda “Texnik koʻmaklashish markazi” DUKga yaqindan koʻmak berishi kelishib olindi.
TF-CSIRT faoliyati CSIRT hamda Yevropa va qoʻshni hududlarda tegishli tashkilotlar bilan aloqalarni boshqa hududlarda ham global miqyosda mustahkamlash, muvofiqlashtirishga yoʻnaltirilgan maqsadli guruh.
Maʼlumot uchun: Latviya Respublikasi axborot texnologiyalari xavfsizligi hodisalariga taʼsir koʻrsatish instituti (CERT.LV) Latviyada axborot texnologiyalarida (IT) xavfsizlik masalalarini taʼminlashga xizmat qiladi. CERT.LV Latviya Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshida Axborot texnologiyalarida xavfsizlik toʻgʻrisidagi Qonun asosida faoliyat olib boradi. Axborot xavfsizligiga tahdidlar haqidagi maʼlumotlarni yangilab borish, davlat idoralariga tavsiyalar berish va axborot xavfsizligiga hujumlar kuzatilganda ularga koʻmaklashish, shuningdek, davlat organlaridagi xodimlar, axborot xavfsizligi mutaxassislari va keng jamoatchilik uchun axborot-maʼrifiy tadbirlar uyushtirib sohadagi yangiliklardan xabardor qilish uchun CERT.LV ning asosiy vazifalari hisoblanadi.
CERT.LV Latviyadagi barcha elektron axborot makonidagi, jumladan .lv yuqori darajadagi domen xavfsizligi va Latviyadagi http://www.nic.lv/lix IP -manzillarining himoyalanganligiga javob beradi.
CERT.LV FIRST (Hujumlar va xavfsizlik masalalariga taʼsir koʻrsatish guruhi forumi)ga aʼzo va TIRT Yevropa maʼlumotlar bazasining sertifikatsiyadan oʻtgan jamoasi hisoblanadi.