Maʼlumki, 7 – may kuni Aloqa sohasida faoliyat yuritguvchi xodimlar oʻz bayramlarini nishonlaydilar.
Aloqachilar kasb bayramini nishonlash uchun ushbu sana bejiz tanlanmagan. 1895 yil 7 may kuni aloqachilar kasb bayramini nishonlanishiga asos boʻldi. Yillar oʻtib aynan shu kunni aloqachilar kuni deb eʼlon qilindi.
Ushbu bayramning kelib chiqishi mashhur rus fizigi va kashfiyotchisi Aleksandr Stepanovich Popovning faoliyati bilan bogʻliq boʻldi. Tarixiy manbalarga koʻra, 1895 yilning 7 may sanasida Rus fizika-kimyo jamiyatining Sankt-Peterburg universitetidagi majlisida A.S.Popov radiosignallarni hech qanday qoʻshimcha qurilmalar va simlarsiz uzata oladigan va qabul qila oladigan birinchi radio tizim taqdimotini oʻtkazdi.
Bugun 7 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi binosida (Keyingi oʻrinlarda – Davlat inspeksiyasi) bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Bayramda ishtirok etgan barcha soha vakillarini Davlat inspeksiyasi Boshligʻining birinchi oʻrinbosari Xamzin Albert Almazovich soʻzga chiqib yigʻilganlarni qizgʻin qutladi va bir qator soha vakillarini faxriy yorliqlar bilan taqdirladi. Taqdirlanganlar orasida “Texnik koʻmaklashish markazi” DUK xodimlari: Boburxoʻja Ubaydullaxoʻjayev, Rustam Rahmonberdiyev va Avaz Qosimxoʻjayevlar kabi oʻz ishining mutaxassislari borligi kishini quvontiradi.
Kunning ikkinchi yarmida bayram tadbirlari“Texnik koʻmaklashish markazi” DUK binosida ham davom etdi. Yigʻilishda direktorning birinchi oʻrinbosari soʻzga chiqib yigʻilganlarni kasb bayrami bilan muborakbod etib, tinchlik-totuvlik, sogʻlik-salomatlik, soha rivoji yoʻlida olib borayotgan mehnatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek shu kuni “Texnik koʻmaklashish markazi” DUK ning faol xodimlariga qimmatbaho bayram sovgʻalari ulashildi.
Fursatdan foydalanib“Texnik koʻmaklashish markazi” DUK ning ahil jamoasi nomidan barcha ushbu soha vakillarini kasb bayramlari bilan qizgʻin qutlab qolamiz! Barchangizga sihat-salomatlik, mehnat faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yutuq va omadlar, oilalaringizga baxtu-saodat, fayzu-baraka tilaymiz!