2019 yilda Internet "tug'ilishi" ning 50 yilligi va Xitoyning global Internetga ulanishining 25 yilligi nishonlanadi.
Ushbu munosabat bilan 6-chi Internet-konferentsiyasi (6 th World Internet Conference) doirasida Xitoy Xalq Respublikasining (XXR), Vujen shahrida keng miqyosli tadbirlar bo'lib o'tdi, unda butun dunyodan delegatlar ishtirok etishdi. Internet-konferensiyada mamlakatimiz vakillari, “Texnik ko`maklashish markazi” DUK xodimlari ishtirok etish uchun 2019-yil 19-22-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurishdi.
O'zbekiston delegatsiyasi barcha mehmonlar bilan bir qatorda konferensiyaning ko`pgina tadbirlarida faol ishtirok etib, Xitoy va boshqa xorijiy ishlab chiquvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng ko'lamda joriy etish bo'yicha apparat-dasturiy yechimlarning so'nggi yutuqlari, jumladan, xizmat ko'rsatuvchi provayderlar uchun jihozlardan so`nggi foydalanuvchilar uchun aqlli ekotizim elementlarigacha erishilgan so'nggi yutuqlari bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar.
Shuningdek, Markaz vakillari "sanoat interneti forumi: raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarish sektorini rivojlantirishning yuqori sifati", "texnologiyalarni rivojlantirish uchun kiberxavfsizlik forumi va xalqaro hamkorlik", "forum: 5G – raqamli texnologiyalarning yangi davri", "kibernetikada normalar: amaliyot va tadqiqotlar" kabi turli mavzularga bag'ishlangan boshqa forumlarda xam ishtirok etdilar.