21 asrga kelib biz muntazam ravishda foydalanadigan texnologiyalarsiz hayotimizni tasavvur qilishimiz qiyin. Kompaniyalar va tashkilotlar turli texnik vositalardan foydalanadilar, biznes jarayonlarini avtomatlashtiradilar, oʻz xizmatlarini taqdim etish uchun dasturiy yechimlardan foydalanadilar. Ularning yordami bilan odamlar ijtimoiy hayotining deyarli barcha sohalari yengillashtirildi. Biroq, buning zaif tomonlari ham mavjud, birinchi navbatda, inson texnologiyaga qaram boʻlib qoldi, ikkinchidan, texnologik zanjirdagi bitta ulanishning zaifligi biron bir tashkilotning toʻliq zaifligiga olib kelishi mumkin va buni oʻz (gʻaraz) maqsadlari yoʻlida foydalanmoqchi boʻlganlar ham bor. Axborotni muhofaza qilishni toʻgʻri taʼminlash uchun axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari, maqsadlari va roli haqida aniq tushuncha boʻlishi kerak.
Mavjud muammolarni hal qilish uchun 2019-yilning 16-21-iyun kunlari Edinburg shahrida (Shotlandiya, Buyuk Britaniya Qirolligi) har yili oʻtkaziladigan “31st ANNUAL FIRST CONFERENCE” konferensiyasi ish boshlagan, unda taklifga koʻra Markaz vakillari ham ishtirok etmoqdalar.
Muntazam oʻtkaziladigan anjumanning asosiy maqsadlari: kiber-xatarlarga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik platformasini kengaytirish, kibermakon yoʻnalishlarini monitoringi, kiber tahdidlarni aniqlashning yangi usullarini yaratish, shuningdek, zararli dasturlardan va viruslarning tarqalishidan himoya qilish.
Dunyoning 60 ta mamlakatidan 800 dan ortiq mutaxassis ishtirok etayotgan konferensiyada: Chesk Point, Google, Cisco, IBM, ASW, Group-IB, Facebook va boshqa shunga oʻxshash axborot xavfsizligi xizmati provayderlarining koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.
FIRST konferensiyasining muhim afzalligi - forum platformalarida yuzaga keladigan voqea-hodisalarga qarshi guruhlarning oʻzaro hamkorligi uchun imkoniyat yaratish.
Birgalikda ishlashga yordam berish “guruhdan guruhga” (guruhlarga kirish orqali) yoki barcha aʼzolarning xavfsiz axborot almashinuvi uchun “ FIRST ” infratuzilmasi orqali amalga oshirilishi mumkin.