2022-yilning 26 noyabr kuni TATU va INHA universitetlarida “University CTF challenge” musobaqalari o‘tkaziladi.
Joriy yilda Kiberxavfsizlik markazi bilan TATU va INHA universitetlari oʻrtasida imzolangan memorandumlar doirasida, universitetlarda “University CTF challenge” musobaqalari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
CTF (Capture the flag) - kompyuter xavfsizligi bo'yicha musobaqalar bo‘lib, ularning maqsadi ma'lum bir turdagi bayroqlarning eng ko'p sonini olishdir. O'tkazishning ikkita asosiy formati mavjud: vazifaga asoslangan va hujumga qarshi mudofaa.
CTF musobaqalarining asosiy maqsadi yoshlarning axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi mavjud muammolarni hal qilishga jalb qilish, bilim darajasini oshirish va zamonaviy tashabbuslarni joriy etishdan iboratdir.
Har ikkala universitetda ishtirokchilar ro‘yhatdan o‘tkanlaridan so‘ng, ochilish marosimi bo‘lib o‘tib, Kiberxavfsizlik markazining “Raqamli kriminalistika va zararli dasturlar” bo`yicha prezentatsiyasi namoyish etiladi.
So‘ngra, CTF musobaqalariga start beriladi.
Musoboqada beriladigan topshiriqlarni hal qilishda barcha ishtirokchilariga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!