2022-yil 20-oktabr kuni “Kiberxavfsizlik markazi” DUK direktori O.Mirzayev Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Noaniqlik davrida kelajak korxonasiga yoʻl” IDC Day forumida spiker sifatida o‘zining “O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bozorini rivojlantirish shartlari” mavzusidagi nutqi bilan ishtirok etdi.
IDC Day forumi davlat amaldorlari, biznes hamjamiyati va ekspert tashkilotlari oʻrtasida muloqot qilish, IDCning soʻnggi tadqiqotlari va yetakchi xalqaro IT-venderlarining qarashlari bilan tanishish, “kelajak korxonasini” qurishga yordam beradigan tajriba almashish uchun noyob platformadir.
IDC Day ko‘rgazmasida kiberxavfsizlik, texnologiya strategiyalarining yangi ko‘rinishi, O‘zbekistondagi CIO muammolari, infratuzilma muammolari: ma’lumotlar tarmoqlari, ma’lumotlar markazlari, saqlash, bulutga o‘tish va kadrlar yetishmo‘vchiligi muammosi muhokama qilingan eng muhim mavzulardir.
Forum Toshkentdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida 80 dan ortiq CIO, CISO, raqamli transformatsiya bo‘yicha direktorlar va IT-loyihalarni ishga tushirish va amalga oshirish uchun mas’ul yuqori lavozimli rahbarlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.