“NKMK” AJga “O'zMSt ISO/IEC 27001:2023” standarti talablariga muvofiqlik sertifikati topshirildi
Avval xabar berganimizdek, Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari ishtirokida “NKMK” xodimlari uchun AXMTning mohiyati, xalqaro standartlar, “O‘zMSt ISO/IEC 27001” standarti talablari hamda AXMTni joriy etish orqali erishiladigan afzalliklarga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi va jarayonlar bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli olib borildi.
Joriy yilning 27-fevral kuni “Kiberxavfsizlik markazi” DUK huzuridagi Axborot xavfsizligi menejment tizimini sertifikatlashtirish organi tomonidan “O‘zMSt ISO/IEC 27001:2023” standarti talablariga muvofiqlik sertifikati "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatiga topshirildi.
Raqamli transformatsiya davrida tashkilotlar uchun axborot resurslarining xavfsizligini ta'minlash strategik ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, Axborot xavfsizligi menejment tizimini xalqaro yoki milliy standartlar talablari asosida joriy etish tashkilotning ishonchliligini oshirishi bilan birga axborot risklarini kamaytiradi. Eng asosiysi, mijozlar bilan ishonchli aloqani mustahkamlaydi.
Ushbu tizimni joriy etish xarajat emas, balki uzoq muddatli investitsiya hisoblanadi.

