“Markaziy Osiyo uchun FIRST mintaqaviy simpoziumi – 2026” bo‘lib o‘tadi
2026-yil 26–27 fevral kunlari Kiberxavfsizlik markazi ko‘magida mintaqada ilk bor “First Regional Symposium for Central Asia – 2026” tashkil etiladi.
Tadbir Toshkentdagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi va unda kiberxavfsizlik bo‘yicha dunyoning yetakchi ekspertlari hamda nufuzli tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.
Xalqaro simpoziumdan kutilayotgan natijalar:
Samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
Bilim va amaliy tajriba almashish
Kiberxavfsizlik va hodisalarga javob berish salohiyatini mustahkamlash
Ma’lumot uchun, "FIRST"ning asosiy vazifasi – global kiberxavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro hamjamiyatning imkoniyatlarini boyitishdir. Bugungi kunda ushbu tashkilot tarkibida 800 dan ortiq a’zo mavjud.
Ro‘yxatdan o‘tish bu yerda
https://events.first.org/profile/form/index.cfm?PKformID=0x18602abcd

