Joriy yilning 10-12 iyun kunlari Vena shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi masalalarga bag‘ishlangan xalqaro tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, mintaqada kiberxavfsizlikni ta’minlashning samarali usullari va bu borada mutaxassislarning fikr almashinuvidan iborat bo‘lib, yakunda tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqadi.