Markaz mutaxassislari “CyberRing 2026” kuchli uchlikka kirdi
Joriy yilning 3-5 mart kunlari Belarus Respublikasining Trafik almashinuvi milliy markazi tomonidan tashkil etilgan “CyberRing” kibermashg‘ulotida Markazning “UZCERT” jamoasi ishtirok etdi.
Kibermashg‘ulot doirasida ishtirokchilarga mobil ilovalar ishlab chiqaruvchi tashkilotda yuz beradigan kiberxavfsizlik hodisasini tekshirish, raqamli izlarni hamda zararli dasturiy ta’minotlarni tahlil qilish kabi vazifalar yuklatildi.
Yakunda Markaz mutaxassislari 157 ball bilan Top-3 jamoalar qatoridan joy oldi.

