Markaz mutaxassislari Boku shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etmoqda
Ayni paytda Ozarbayjonning poytaxti Boku shahrida o‘tayotgan “Critical Infrastructure Defence Challenge – CIDC 2025” xalqaro tadbirida Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Musobaqa “Hack the Future” treningi, “Aqlli shaharlar uchun kiberbahs” va “Aqlli shaharlar kiberxavfsizligi” yo‘nalishlaridan iborat bo‘lib, unda ishtirokchilar zamonaviy kiberxavfsizlik yechimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Mazkur tadbirda ishtirok etishdan maqsad – muhim infratuzilma obyektlarini kiberxavfsizlik tahdidlaridan himoya qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish hamda mintaqaviy va global xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

