“Kiberxavfsizlik markazi” DUK xodimlari Oʼzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida 30 sentyabrdan 13 oktyabr sanasiga qadar Xalqaro Elektraloqa ittifoqi (XEI) Vakolat konferentsiyasining (VK-22) ikkinchi-uchinchi xaftaligida qatnashdilar.
Oʼzbekiston Respublikasi tomonidan VK-22 assambleyasiga kiberxavfsizlik sohasiga taaluqli quyidagi Rezolyutsiyalariga hissalar berildi: 1. VK-22 174-son “Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan noqonuniy foydalanish xavfi bilan bogʼliq xalqaro davlat siyosati masalalarida XEI roli” Rezolyutsiyasi; 2. VK-22 130-son “Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda ishonch va xavfsizlikni mustahkamlashda XEI rolini kuchaytirish” Rezolyutsiyasi.
Oʼzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tomonidan 174-son Rezolyutsiyaga berilgan takliflar VK-22 konferentsiyasining Plenum ishchi guruhi tomonidan “Kiberxafvsizlik” AdHoc uchrashuvlarida keng muhokama qilindi. Shu bilan birga, Oʼzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tomonidan taqdim etilgan qoʼshimcha taklif va tahrirlar 130-son Rezolyutsiyasiga barcha mamlakatlar bilan, jumladan, АQSh, Buyuk Britaniya va boshqa mintaqaviy guruhlar vakillari bilan muhokama va bahslar qilinib, kelishilgan holda kiritildi.
“Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan himoya qilingan takliflar xalqaro kiberxavfsizlik samaradorligini baholash imkonini beruvchi, shuningdek, Global kiberxavfsizlik indeksini hisoblash metodologiyasini yanada takomillashtirish mexanizmlari boʼyicha muntazam fikr almashishni tashkil etish boʼyicha keng sharoit yaratishda xizmat qiladi. Oʼzbekiston uchun yana bir foydali taklif, АKTdan foydalanishda ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash sohasida ilgʼor tajriba almashish orqali tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish tashabbusidir.