Kiberxavfsizlik bo‘yicha Markaziy Yevroosiyo sammiti – 2025
Kiberxavfsizlik markazi mezbonligida o‘tadigan konferensiya 25 davlatdan 40 dan ortiq ma’ruzachilarning taqdimotlari va panel munozaralari, sohada yetakchi kompaniyalarning o‘z yechimlarini namoyish etadigan ko‘rgazmalarni, kiberxavfsizlik xizmatlari bo‘yicha jahon miqyosidagi yetakchilarning seminar va ma’ruzalarini hamda tarmoq tadbirlarini o‘z ichiga oladi
⚡️Xususan, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning milliy kiberxavfsizlik agentliklari hamda Kompyuter hodisalariga javob berish jamoalari (CERT) vakillari, shuningdek Estoniya Elektron boshqaruv agentligi, “Expertise France”, “FIRST”, “TSARKA” va Jahon bankining xalqaro mutaxassislari ishtirok etadi.

