Joriy yilning 31-may kuni “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mutaxassislari Boku (Ozarbayjon) shahrida boʻlib oʻtgan “Kiberxavfsizlik boʻyicha 2-Milliy forum”da ishtirok etdilar.
Forum Turkiy davlatlar tashkiloti ko‘magida Ozarbayjon Kiberxavfsizlik tashkilotlari uyushmasi tomonidan tashkil etildi.
Forumda kiberxavfsizlik ekotizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston ekspertlari “Milliy kiberxavfsizlik ekotizimi”, “Kiberxavfsizlik sohasidagi yechimlar va startaplar”, “Kiberxavfsizlik sohasida ta’lim, kadrlar va axborotlashtirish” va boshqa mavzularda maʼruza qildilar.