Ayni damda Toshkentdagi Inha Universitetida “Markaziy Osiyo uchun FIRST mintaqaviy simpoziumi – 2026” bo‘lib o‘tmoqda
Mazkur tadbir Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ilk bor tashkil etildi.
Kiberxavfsizlik mutaxassislari hamda sohaga qiziquvchilar uchun 3 yo‘nalishda amaliy treninglar o‘tkazilmoqda. Xususan, taqdimotlar mintaqada kibertahdidlarga qarshi samarali chora ko‘rish, axloqiy xakerlik ko‘nikmalari kabi mavzularga qaratilgan. Ishtirokchilar esa real keyslar bilan ishlamoqda.
Ma’lumot uchun, “FIRST”ning asosiy vazifasi – global kiberxavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro hamjamiyatning imkoniyatlarini boyitishdir. Bugungi kunda ushbu tashkilot tarkibida 800 dan ortiq a’zo mavjud.

