2023-yil 19-may kuni Moskvada Xalqaro elektraloqa ittifoqi ko‘magida tashkil etilgan “Positive Hack Days 12” xalqaro kiberfestivali doirasida “Milliy CIRT guruhlari yordamida mamlakatlarning kiberbardoshliligini oshirish va muhim axborot infratuzilmalarini himoya qilishda XEI tajribasi” mavzusida tematik sessiya boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qatar, O‘zbekiston va boshqalar kabi mamlakatlarning kiberxavfsizlik bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Kiberxavfsizlik markazi mutaxassisi mamlakatimizda kiberxavfsizlik holati va muhim axborot infratuzilmasini himoya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida taqdimot qildi, shuningdek, panel muhokamasida ishtirok etdi.
Muhokama yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar milliy kiberxavfsizlik strategiyasini qabul qilish va uni chora-tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshirish, bu borada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.