2019-yil 14-may kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining majlislar zalida tuman hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining viloyatdagi boshqarma va boʻlinmalarining masʼul xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va “Texnik koʻmaklashish markazi” DUKning Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalarida axborot xavfsizligi masalalariga bagʻishlangan oʻquv seminari oʻtkazildi.
Tadbir davomida Davlat inspeksiyasi va “Texnik koʻmaklashish markazi” DUK mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4024-son Qarori, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari va bu borada joylarda kuzatilayotgan muammolar va ularning yechimi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida Davlat inspeksiyasi va “Texnik koʻmaklashish markazi” DUK masʼul xodimlari tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berildi, shuningdek, ishtirokchilarga axborot xavfsizligi sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablari haqida tayyorlangan qoʻllanma va bukletlar tarqatildi.