Shu yilning 16 Sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlari uchun axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.
17 Sentyabr 2020
Seminarlar
Shu yilning 16 Sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat
aktivlarini boshqarish agentligi xodimlari uchun axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “Muhim
informasion infratuzilmalarga bo‘lgan kiberxujumlar” hamda “Axborot
xavfsizligini ta'minlashdagi dolzarb muammolar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xodimlari Malikov Ulug’bek Jahongirovich va Ergashev Izzatilla Harulla o’g’li o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, axborotlashgan zamonda axborot kommunikasiya texnologiyalariga extiyoj juda yuqori darajadaligi, bunday tezkor axborot almashinuvi davrida axborot xavfsizligini ta’minlash, turli tahdid va hodisalarni oldini olish dolzarb ahamiyat kasb etishi xaqida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek hozirgi kunning dolzarb muammolardan biri bo‘lgan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va ularning yechimlari, axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar va ularga qarshi kurashish usullari bo‘yicha tavsiyalar to‘g‘risida so‘z yuritildi hamda qizg‘in munozaralar olib borildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
3
/ 3