Joriy yilning 2-noyabr kuni “Kiberxavfsizlik markazi” mutaxassislari “O‘zbekiston MET” AJda tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etdi. Aksiyadorlik jamiyati xodimlari Markaz mutaxassislaridan sohaga doir ma’ruzalar tingladi. Xususan, axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan hamda unda faoliyat olib borayotgan mutaxassislari uchun muhim bo‘lgan axborotlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati xodimlari axborot va kiberxavfsizlik sohasiga doir loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish, jamiyatda mavjud axborotlashtirish obyektlarini, tizim va resurslarini axborot xavfsizligi jihatdan himoyalanganligini aniqlash hamda axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishini ta’minlashi, mavjud muammolarni axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat standartlariga yondashgan holda amalga oshirish, modernizatsiya qilish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Tadbir so‘nggida, Aksiyadorlik jamiyatiga Axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ham jalb qilish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.