Poytaxtimizda joriy yilning 21 va 22-sentyabr kuni “Kiberxavfsizlik markazi”ning YXHT bilan hamkorligida “Kiberhodisalarning milliy tasnifi” mavzusidagi mintaqaviy seminari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, shuningdek, Mo‘g‘uliston davlatlaridan soha mutaxassislari ishtirok etyapti.
Seminarning birinchi kunida kiberhodisalarning milliy tasnifi tizimini yanada rivojlantirish orqali mamlakatlarning o‘zaro tajriba almashinuvi, ayniqsa tomonlarning bir-biriga ishonchi ortishi bilan birga aloqalarni mustahklamlashga, muammolarni oldindan bartaraf qilishga zamin yaratishi muhokamaning asosiy mavzusiga aylandi.
Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan o‘zaro fikr almashinib, kiberhodisalarning bir necha misollari o‘rganilib tahlil qilishdi. Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ekspertlardan batafsil javob olish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.Tomonlar mintaqaviy barqarorlik hamda xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda bu kabi uchrashuvlarni yana o‘tkazishga kelishib oldi.