Seminar, Inspeksiyada zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga qo`yiladigan talablar mavzusi asnosida bo’lib o’tdi.
Seminarda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xodimlari Abdusalyamov Farxad Alimjanovich , Malikov Ulug’bek Jaxongirovich va Toshkent Axborot texnologiyari universiteti katta o’qituvchisi Djuraev Oybek Nuritdinovich hamda inspeksiyaning axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish bo’limi boshlig’i Raximov Bahodir Tairovichlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, axborotlashgan zamonda axborot kommunikasiya texnologiyalariga extiyoj juda yuqori darajadaligi, bunday tezkor axborot almashinuvi davrida axborot xavfsizligini ta’minlashda tashkilot xodimlariga qo’yilgan talablar hamda mas’ul xodimlarga yuklatilga bir qator vazifalarni tushuntirib o’tdilar. Bundan tashqari oxirgi yillarda muhim axborot infratuzilmalariga amalga oshirilgan kiberhujimlar bo’yicha hamda ma’lumolarni ruhsatsiz chiqib ketishi yuzasidan statistic ma’lumotlar shuningdek Axborot xavfsizligida keng qo’llanib kelinayotgan me’yoriy hujjatlar bo’yicha ham ma’lumot berib o’tdilar.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.