Joriy yilning 25-iyun kuni “Radison blu hotel” mehmonxonasida Davlat va xoʻjalik boshqaruvi sohasida axborot xavfsizligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi. Seminar “Texnik koʻmaklashish markazi” DUK (Keyingi oʻrinlarda – Markaz) tomonidan tashkillashtirilib unda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni Oʻzbekiston respublikasi axborotlashtirish va kommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A. Xamzin ochib yigʻilganlarni qizgʻin qutladi. U jumladan shunday dedi: - Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida axborot xavfsizligi masalalariga, vazifa va muammolariga alohida ahamiyat berilmoqda va bu kabi masalalar davlat darajasida hal etiladi. Buni axborot texnologiyalari sohasidagi turli jihatlarni tartibga solish bilan bogʻliq qonunlar va qoidalar ham koʻrish mumkin.
Seminarda jumladan: CERT -xizmatlari va SOC - markazlarni yaratish. Xorijiy hamkorlar tajribasi“, “Davlat organlarida axborot xavfsizligi hodisalarini monitoring qilish va boshqarish tizimini tashkil qilish“, “Axborot xavfsizligi auditi”, “2019-yilning birinchi yarmi uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligi holati”, “Muhim axborot infratuzilmasi obyektlari, ularni aniqlash va himoya qilish zaruriyati” kabi dolzarb masalalar koʻtarildi. Yigʻilganlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga soʻzga chiqqan mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.
Seminarning asosiy maqsadi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligini taʼminlash va kiberhavfsizlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish, ularni hal etish usullarini ishlab chiqish boʻldi.