Joriy yilning 27 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligi vazirligida “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK bilan hamkorlikda “Davlat organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy talablar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK xodimlari I.Ergashev hamda U.Malikov ma’ruza qildilar.
Seminarda Vazirlikning markaziy apparati hamda hududiy bo‘linmalarining axborot xavfsizligiga mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Shuningdek, seminar davomida Vazirlikda axborot xavfsizligini ta’minlashning bugungi kundagi ahamiyati, Vazirlik faoliyati davomida uchrashi mumkin bo‘lgan axborot xavfsizligiga oid tahdidlar, ish jarayonida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar haqida so‘z yuritildi.
Tadbir yakuniida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar.