“University CTF challenge” musobaqasida g‘olib bo‘lgan Toshkent davlat axborot texnologiylari universiteti va Inha universitetining talabalari “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mutaxassislari bilan birgalikda, 2023-yil 17-24 yanvar kunlariga mo‘ljallangan “Ethical Hacker” xalqaro qishki kiberlagerida ishtirok etish uchun Gruziyaning Bakuriani shahriga tashrif buyurdilar.
“Ethical Hacker” xalqaro qishki kiberlageri o‘quv kurslarining asosiy yo‘nalishlari tarmoq xavfsizligi, xavfsiz dasturlash, kriptografiya, pentest va Python dasturlash tillarini o‘z ichiga oladi. O‘quv kurslarning yakunida ishtirokchilar “Ethical hacking” sertifikatlari bilan taqdirlanadilar.