“Kiberxavsizlik markazi” DUK binosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga bu yil 30 yil bo’lib, hayotimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarga Bosh qomusimiz huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidlab o‘tish joizdir.
Tadbirda Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi mutaxassislari ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksi haqida so‘z yuritdilar. Kiberxavfsizlik markazi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mazmunli javob oldilar.