Joriy yilning 8-fevral kuni Kiberxavfsizlik markazining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida davlat dasturi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan keng islohotlarni samarali amalga oshirish, xalqimiz farovonligiga erishish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularning tashabbuslarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatli ekanligi alohida ta'kidlandi.
Shuningdek, fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda fuqarolarda “kibergigiyena”ni shakllantirish muhokama markazida bo‘ldi.
Yakunda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.