Joriy yilning 15 iyun kuni Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari Xalqaro kiberchempionat doirasida Rostelekom-Solar kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Solar CyberSprint onlayn sessiyasida ishtirok etishdi.
Real vaqt rejimida turli mamlakatlar ekspertlari BlueTeam-ni tayyorlash, himoya tizimlarini yaratish yondashuvlari va SOC rivojlanish tendentsiyalarini muhokama qilishdi.
Bundan tashqari, xalqaro ekspertlar kiberxavfsizlik hodisalarini aniqlash va ularga chora ko‘rish markazlarini yaratish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, ushbu sohada kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qilishdi.