Kiberxavfsizlik markazi: “Milliy liboslar – ma’naviyat ko‘zgusi”
Milliy liboslar har bir xalqning qadim-qadimdan yashab kelayotgan mintaqasi, shart-sharoiti, turmush tarzi, urf-odatlari, tabiati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning ichki olami, milliy madaniyatini belgilaydi.
So‘nggi paytlarda milliy madaniyatni targ‘ib qilish, an’anaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va aholining estetik didini oshirish maqsadida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Kiberxavfsizlik markazi xodimlari ham bunda faol ishtirok etib, xodimlar milliy qiyofada faxrlanish hissini ulashmoqda. Shuningdek, Markazning erkaklar jamoasi tomonidan “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan barcha ayol-qizlar bayramona ruhda kutib olindi. Tashkil qilingan tadbir goʻzal kuy-qoʻshiq va raqslarga boy boʻldi.