Hamkorlikning asosiy maqsadi kiberrazvedka (Threat Intelligence) jarayonini avtomatlashtirish zamonaviy dasturiy ta’minotini Markaz faoliyatida qo‘llash va ushbu yo‘nalishda ishlar olib borishdan iborat.
Ma’lumot uchun: Tahdidlar razvedkasi – bu kibermuhitdagi kiber tahdidlar ortida turgan hujumchilarning motivlari, maqsadlari va hujum xatti-harakatlarini tushunish uchun to'planadigan, qayta ishlanadigan va tahlil qilinadigan ma’lumotlar jamlanmasidan iborat. Tahdidlar bo‘yicha razvedkani amalga oshirish katta hajmdagi boyitilgan ma’lumotlarga asoslangan holda tezkor kiberxavfsizlik qarorlarini qabul qilishda va hujumchilarning xatti-harakatlarini hisobga olgan holda, ularga qarshi kurashda samarali choralarni ko‘rishda yordam beradi.