Kiberxavfsizlik markazi bilan “Amity University Tashkent” o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
Joriy yilning 8-oktabr kuni “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2025” doirasida Kiberxavfsizlik markazi va “Amity University Tashkent” o‘rtasida kiberxavfsizlik bo‘yicha ta’lim, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uchrashuv davomida malakali kadrlar tayyorlash, kiberxavfsizlik sohasida ta’lim dasturlarini takomillashtirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.