"Kiberxavfsizlik bo‘yicha Markaziy Yevroosiyo sammiti – 2025" Toshkentga qaytmoqda!
"Kiberxavfsizlik bo‘yicha Markaziy Yevroosiyo sammiti – 2025" Toshkentga qaytmoqda!
Sammitda so‘nggi tendensiyalar, yuzaga kelayotgan tahdidlar va transchegaraviy hamkorlik, ma’lumotlar almashish va kibertahdid manbalarini aniqlashning dolzarbligi ko‘rib chiqiladi. CSS 2025 — bu yalpi majlislar, panel muhokamalari, seminarlar, tarmoq tadbirlarini o‘z ichiga olgan konferensiya va ko‘rgazma.
Konferensiya 40 dan ortiq ma’ruzachilarning taqdimotlari va panel munozaralari, sohada yetakchi kompaniyalarning o‘z yechimlarini namoyish etadigan ko‘rgazmalarni, kiberxavfsizlik xizmatlari bo‘yicha jahon miqyosidagi yetakchilarning seminar va ma’ruzalarini hamda tarmoq tadbirlarini o‘z ichiga oladi
Sammit doirasida “Cyberkent 3.0” musobaqasi ham bo‘lib o‘tadi. Musobaqa “Red team”, “Blue team”, “Ochiq topshiriqlar”, “Workshop” seminar-treningi va “CyberQuiz” viktorinasidan iborat.
“Cyberkent 3.0” g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
Hujumchi jamoa (Red team)
1-o‘rin –50 mln so‘m
2-o‘rin –30 mln so‘m
3-o‘rin –10 mln so‘m
Himoyachi jamoa (Blue team)
1-o‘rin –50 mln so‘m
2-o‘rin –30 mln so‘m
3-o‘rin –10 mln so‘m
Ochiq topshiriqlar
1-o‘rin –15 mln so‘m
2-o‘rin –10 mln so‘m
3-o‘rin –5 mln so‘m
Bundan tashqari, “CyberQuiz” viktorinasiga “Agrobank” homiyligida esdalik sovg‘alari ajratildi.