Brauzeringiz (Browser) Sizni qanday kuzatadi?
Agar GEOLOKATSIYA yoqilgan bo'lsa, saytlar va ilovalar Sizning aniq joylashuvingizni bilishlari mumkin. Bu esa qiziq bo‘lmasa ham joylashuvingizga asoslangan holda reklama va tavsiyalar berib borilishi mumkin.
Agar Siz tasodifan VEB-KAMERA uchun ruxsat bersangiz, kimdir Sizni kuzatib turishlariga imkon yaratgan bo‘lasiz. Bu esa hayotingiz havf ostida qolish ehtimolini oshirib yuboradi.
MIKROFON orqali esa Sizning suhbatlaringizni, ovozli yozuvlaringizni yoki shaxsiy ma'lumotlaringizni kuzatish mumkin. Tajavuzkorlar ruxsatsiz mikrofoningizni yoqib, har qanday muhim yoki maxfiy suhbatlarni yozib olishlari mumkin.
Yoqilgan BILDIRISHNOMALAR doimiy ravishda ortiqcha xabarlar bilan Sizni bezovta qilishi mumkin. Bu ayniqsa, ish yoki o'qish vaqtida konsentratsiya qilishni qiyinlashtiradi. Doimiy bildirishnomalar sizning diqqat-e'tiboringizni tarqatishi va stressni oshirishi mumkin.
Shuningdek, Brauzerda doimiy ravishda saqlanayotgan kontenlar (Browser cookie), “Javascript” kodlari, rasmlar, xavfsizlik sozlamalarini nazorat qilmoq lozim.